O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
PARLAMENTI MODELI
МОДЕЛЬ ПАРЛАМЕНТА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН
Xush kelibsiz!
“O'zbekiston Respublikasi Parlament modeli”ni o'tkazishdan asosiy maqsad – yoshlarning siyosiy tafakkuri va bahs madaniyatini oshirish, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosida o'tkaziladigan muhokamalar va qonun qabul qilish jarayonlarida hamda partiyalar o'rtasida bo'ladigan majlis va tortishuvlarda yigit-qizlarning bevosita ishtirokini ta'minlash, ularning takliflarini o'rganish hamda deputatlar bilan muloqot o'rnatishdan iborat.

Loyihada O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi simulyatsiyasi tashkil etilib, unda ishtirokchilar fraktsiyalarga bo'lingan holda qonun loyihalarini o'rganib, o'zaro muhokama qiladilar. Simulyatsiya davomida qatnashchilar fraktsiya maqsadi, manfaati va printsiplaridan kelib chiqib, parlamentda o'z pozitsiyalarini bildiradilar.

Loyihada 18 yoshdan 27 yoshgacha bo'lgan iqtidorli yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan 150 nafar yoshlar “O'zbekiston Respublikasi Parlament modeli”da ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadilar. Simulyatsiya dasturi uch kunga mo'ljallangan bo'lib, uning doirasida ishtirokchilar uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, siyosiy partiya vakillari va ekspertlar ishtirokida maxsus o'quv seminarlari, debatlar va uchrashuvlar tashkil etiladi.

Qayd etish joizki, “O'zbekiston Respublikasi Parlament modeli” O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda siyosiy partiyalar Markaziy Kengashlari binolarida o'tkazilib, unda qatnashchilar haqiqiy qonun loyihasini muhokama qiladilar va o'z takliflarini bildiradilar. Shundan so'ng, hujjat loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining kelgusidagi sessiyasida ko'rib chiqiladi va simulyatsiya davomida ishtirokchilarning asoslantirilgan takliflar va o'zgartishlari inobatga olinadi.

Arizalar 2017 yilning 10 sentyabriga qadar qabul qilinadi va saralash bosqichi natijalari 20 sentyabr kuni e'lon qilinadi.

Tadbirning o'tkazilish vaqti va joyi: 2017 yil oktyabr, Toshkent shahri. Ma'lumot uchun: +998 71 239 01 91, +998 71 239 01 95
Добро пожаловать!
Главная цель проведения «Модель Парламента Республики Узбекистан» - развитие политической мысли и культуры дискуссии у молодежи, обеспечение их непосредственного участия в дебатах между партиями, процессах обсуждения и принятия законопроектов, изучение мнения молодежи и установления диалога с депутатами в стенах Законодательной палаты Олий Мажлис.

«Модель Парламента», является симуляцией заседания Законодательной палаты, где участники, разделившись на фракции будут изучать и обсуждать законопроекты. В ходе симуляции участники исходя из целей, принципов и интересов фракции, будут представлять свою позицию.

Принять участие в данном проекте могут талантливые молодые люди от 18 до 27 лет. 150 участников, которые прошли этап отбора, получат право на участие в Модели Парламента Республики Узбекистан. Программа симуляции предназначена на 3 дня, в рамках которой участники получат возможность участвовать в учебных семинарах, дебатах, тренингах с депутатами и экспертами от политических партий и Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан.

Стоит отметить, что модель Парламента будет проводиться в стенах Законодательной палаты Олий Мажлиса и в Центральных Советах политических партий Республики Узбекистан. Участники смогут обсудить реальные законопроекты и выразить свои предложения. После этого, законопроекты будут рассмотрены, обоснованные участниками предложения и изменения будут учтены депутатами на следующей сессии Законодательной палаты Олий Мажлис.

Заявки принимаются до 10 сентября 2017 года и результаты отбора будут объявлены 20 сентября 2017 года.

Дата и место проведения мероприятия-город Ташкент, октябрь 2017 года.

Для подробной информации: +998 71 239 01 91, +998 71 239 01 95
Tashkilotchilar/Организаторы

O`ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI


Hamkorlar/Партнеры